Asosiy kontentga oʻtish
SOF Expo yopiq pavilionining ichki koʻrinishi
Xizmatlar

Mehmonlar

Xaridorlar dasturi

Kompaniyangizda xarid yoki yangi hamkorlar boʻyicha qaror qabul qilasizmi? SOF Expo koʻrgazmalariga xaridor sifatida keling — dasturda qatnashish bepul.

Kimlar uchun

Dasturga kim qatnasha oladi

Dastur yirik xususiy kompaniyalar, davlat tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari, uyushma va assotsiatsiyalarda xarid yoki yangi hamkorlar boʻyicha qaror qabul qiladigan mutaxassislar uchun. Oʻzbekiston viloyatlari, MDH va tashkilotchi roʻyxatidagi boshqa davlatlardan kelgan xaridorlar qatnasha oladi. Qatnashish bepul, lekin tashkiliy qoʻmita tasdigʻi kerak: qaror kompaniya profili va kelgan arizalar soniga qarab qabul qilinadi. Roʻyxatdan oʻtgach, javobni emailda kuting.

Imkoniyatlar

Dastur ishtirokchisi nimalar oladi

Ishtirok roʻyxatdan oʻtgandan keyin tashkiliy qoʻmita tasdigʻi bilan: javob emailga keladi.

  • Mehmonxona xonasi: katta karavot va deraza

    Mehmonxona

    Ikki kecha yashash xarajati 100% qoplanadi, keyingi kechalar — chegirmali narxda.

  • Mehmon uchun eshigi ochilgan qora avtomobil

    Transfer

    Koʻrgazmaga bepul transfer — dastur jadvali boʻyicha.

  • Stol ustidagi ismli beyj

    VIP beyj

    Koʻrgazmaga ismli VIP beyj bilan kirasiz; hamkasblaringiz uchun bepul taklifnomalar beriladi.

  • Koʻrgazma va konferensiya bukletlari, kitob va ruchka

    Materiallar toʻplami

    Koʻrgazma katalogi, yoʻl koʻrsatkich, biznes dastur va konferensiyalar materiallari.

  • Stol ustida hujjatlar va grafiklarni muhokama qilayotgan qoʻllar

    Uchrashuvlar va tashriflar

    Faqat sizga kerakli eksponentlar bilan uchrashuvlar jadvali, biznes kechalari; ishlab chiqaruvchi zavodi yoki omboriga borib, mahsulot sifatini joyida koʻrasiz.

  • Zalda ishtirokchilar oldida soʻzlayotgan maʼruzachi

    Biznes zona va dastur

    Muzokaralar uchun VIP zona, Wi-Fi, dam olish zonasi, tushlik va kofe-breyklar; maʼruzachilar taqdimotlari.

Dasturga ariza qoldiring

Kompaniyangiz va qaysi eksponentlar kerakligini yozing — tashkiliy qoʻmita arizani koʻrib chiqib, email orqali javob beradi.

Qoʻngʻiroq qiling

+998 55 705 07 05